---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://www.yandex.com/support/browser/en/personalization/tableau.md
  - https://www.yandex.com/support/browser/kk/personalization/tableau.md
  - https://www.yandex.com/support/browser/ru/personalization/tableau.md
  - https://www.yandex.com/support/browser/tr/personalization/tableau.md
  - https://www.yandex.com/support/browser/uz/personalization/tableau.md
  - href: uz/personalization/tableau.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - Yandex brauzerda tablo oʻlchami.
  - Tablo.
  - Tablodagi vidjetlar.
  - Yandex brauzer tablosi.
  - Yandex brauzerda xtabloni qanday ochish mumkin.
  - Yandex brauzerdagi tablo.
  - Yandex brauzeridagi tablo nima.
  - Nima uchun yandex brauzerda tablo bor.
  - Yandex brauzeri tablosi qayerda.
  - Yandex brauzerida tablo qanday yoqiladi.
  - Tablo yaratish yandex brauzer.
  - Yandex brauzerda tablo qanday kattalashtiriladi.
  - Yandex brauzerdagi tabloning o‘lchami.
  - Yandex brauzerda tablo oʻlchamini qanday kattalashtirish mumkin.
  - Yandex brauzerda tablo ikonkalarini qanday kattalashtirish mumkin.
  - Yandex brauzerdagi tabloda belgilarni qanday kattalashtirish mumkin.
  - Yandex brauzerda tablo oʻlchamini qanday oʻzgartirish mumkin.
  - Yandex brauzer qanday qilib kattaroq tablo yaratish mumkin.
  - Yandex brauzerda tablo qanday kichraytiriladi.
  - Yandex brauzer tablo piktogrammalarini kattalashtiradi.
  - Yandex brauzerda kichkina tablo.
  - Yandex brauzerdagi tablo kichrayib qoldi.
  - Brauzerning Yandex tablosida saytlarni qanday kattalashtirish mumkin.
  - Yandex brauzer tabloda saytlarning piktogrammalari kichkina.
  - Yandex brauzerda tablo oʻlchamini qanday sozlash mumkin.
  - Yandex brauzerda tablo oʻlchamini qanday qaytarish mumkin.
  - Yandex brauzerda tablo oʻlchamini qanday kichraytirish mumkin.
  - Yandex brauzerdagi tablolar sonini qanday kamaytirish mumkin.
  - Yandex brauzer tablosi kattaroq.
  - Yandex brauzerda tablo qanday almashtiriladi.
  - Yandex Brauzer tablodagi ikonkalar oʻlchamini oʻzgartiradi.
  - Yandeks brauzer tablosi uchun saytlarni tanlash.
  - Vizual xatchoʻplarni avtomatik tanlash yandex brauzer.
  - Yandex brauzer uchun tabloni avtomatik tanlash.
  - Yandex brauzer tablosi saytini qoʻshish.
  - Yandex brauzerda tabloga qanday qoʻshish mumkin.
  - tabloga sayt qo‘shish.
  - Yandex brauzerda vizual xatchoʻplarni qanday kattalashtirish mumkin.
  - Yandex brauzer uchun vizual xatchoʻplar.
  - Yandex brauzerdagi vizual xatchoʻplar soni.
  - Yandex brauzerga vizual xatchoʻplarni qanday qoʻshish mumkin.
  - Yandex brauzer vizual xatchoʻplar sonini oshiradi.
  - Yanada koʻproq vizual xatchoʻplar yandex brauzerda.
  - Yandex brauzerda vizual xatchoʻplarni qanday saqlash mumkin.
  - Yandex brauzerga vizual xatchoʻp yaratish.
  - Yandex brauzerda vizual xatchoʻplar hajmini oshirish.
  - Yandex brauzerda tablo qanday kengaytiriladi.
  - Yandex brauzerda tablo masshtabini qanday oshirish mumkin.
  - Yandex brauzer tablosini kattaroq qilish.
  - Yandex brauzertablosi oʻlchamini oʻzgartirish
  - Yandexga ob-havo belgisini qanday qoʻshish mumkin.
  - Tabloni sozlash
  - Tabloni tahrirlash.
  - Brauzer Yandex uchun vizual xatchoʻplarni sozlash
  - Yandex brauzerning xatchoʻplari qayerda saqlanadi.
  - Yandex brauzerda tabloni sozlash.
  - Yandex Brauzerda tabloni saqlash
  - Yandex brauzerda tablo qanday sozlanadi.
  - Yandex brauzerda tablo qanday oʻzgartiriladi.
  - Yandex brauzerda tablo qanday tozalanadi.
  - Yandex brauzerda vizual xatchoʻplarni qanday olib tashlash mumkin.
  - Tablodagi jildlar.
  - Saytlarni Tabloda guruhlash.
  - Yandex brauzer uchun vizual xatchoʻp guruhlarini sozlash.
  - Yandex Tabloni tiklash.
  - Qanday qilib yandexda tabloni kompyuterdagidek qilish mumkin?
  - Yandexda Tabloni qanday sinxronlash mumkin?
  - Yandexdagi eski Tabloni qanday qaytarish mumkin?
  - Telefondagi yandex brauzerga tablo qachon qoʻshiladi.
  - Tabloni boshqa kompyuterga koʻchirish.
  - Yandex Tablo qaytarish.
  - Yandex ekspres panelini tiklash.
  - Yandex Tabloni sinxronlash.
  - Yandex brauzer tablo eksporti.
  - Sinxronizatsiyani yoqdim lekin tablo oʻzgarmadi yandex brauzer.
  - Tabloni yandex brauzerda tiklash.
  - Yandex brauzerda eski Tabloni qanday qaytarish mumkin?
  - Tabloni Yandex brauzerda qanday qaytarish mumkin?
  - Yandex brauzerda Tabloni qanday tiklash mumkin?
  - Saqlangan tablo Yandex brauzerda qanday koʻchiriladi?
  - Yandex brauzerda tablo qanday sinxronlanadi?
  - Yandex brauzer tablosini telefon bilan qanday sinxronlash mumkin?
  - Yandex brauzerdagi tablo sinxronlanmayapti.
  - Nima uchun Yandex brauzerdagi tablo sinxronlanmayapti?
  - Saytlarni Yandex brauzer tablosiga sinxronlash.
  - Yandex brauzerda tabloni sinxronlash.
  - Yandex brauzer tabloga sinxronlanmayapti.
  - Yandeks brauzer  Tabloni sinxronlash.
  - Yandex brauzer beta eksport tablo.
  - Sinxronizatsiyani yoqdim lekin yandex brauzer beta paneli oʻzgarmadi.
  - Yandex brauzer betada tabloni tiklash.
  - Yandex brauzerning beta versiyasiga eski Tabloni qanday qaytarish mumkin?
  - Yandex brauzer betaga Tabloni qanday qaytarish mumkin?
  - Yandex brauzer betada Tabloni qanday tiklash mumkin?
  - Saqlangan tablo Yandex brauzer betaga qanday koʻchiriladi?
  - Yandex brauzer betaga tablo qanday sinxronlanadi?
  - Yandex brauzer beta tablosini telefon bilan qanday sinxronlash mumkin?
  - Yandex brauzer betada tablosi sinxronlanmayapti.
  - Nega yandex brauzer betada tablo sinxronlanmayapti?
  - Saytlarni tabloga sinxronlash yandex brauzer beta.
  - Yandex brauzer betada tabloni sinxronlash.
  - Yandex brauzer beta tablosi sinxronlanmayapti.
  - Yandex brauzer beta  Tablo sinxronizatsiyasi.
  - Yandex 7e da tablo ishlamayapti.
  - Yandex brauzerda tablo qanday oʻchiriladi.
  - Yandex brauzer tablosi sozlamasi nima uchun u qotib qolayapti.
  - Yandex brauzer tablosi qayerda saqlanadi.
  - Yandex brauzerda tablo yoʻqoldi qanday yoqiladi.
  - Yandex brauzerdagi vizual xatchoʻplar yoʻqoldi.
  - Yandex Brauzerga tabloni qaytarish.
  - Yandex brauzerdagi tablo ishlamay qoldi.
  - Nega Yandex brauzerda tablo ishlamayapti?
  - Yandex brauzerda tablo qanday tiklanadi.
  - Yandex brauzerning tablosi yoʻqoldi.
  - Yandexga ob-havo belgisini qanday qoʻshish mumkin
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://www.yandex.com/support/browser/uz/llms.txt




# Tablo

## Tablo nima? {#whatis}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Yangi varaqni ochilganda yoki [Aqlli satr](*smart-link) ustiga bosilganda, Tablo paydo boʻladi. Bu eng koʻp kiriladigan saytlarning piktogramma – vidjetidir. Tabloga standart holatda ayrim Yandex xizmatlarining vidjetlari o‘rnatilgan.

Kerakli saytga oʻtish uchun piktogrammani bosing (unda logotip, shuningdek agar havola saytning asosiy sahifasini ochmasa, sahifa nomi ham aks etadi).


{% note tip %}

Tablo yordamida saytni tez ochish uchun quyidagi [tugmalarni](https://www.yandex.com/support/browser/uz/useful-features/hotkeys.md) ishlating:

- Windowsda: **Ctrl** + **T tugmalarini**, shundan keyin esa **Alt** + **1, 2...** tugmalarini bosing,

- macOSda: **⌘** + **T** tugmalarini, shundan keyin **Ctrl** + **1, 2...** tugmalarini bosing,

Bu yerda 1, 2... — bu Tablodagi plitka raqamlari (chapdan oʻngga va yuqoridan pastga).

{% endnote %}



![](../_image/tableau-new-sites-2.png){.border-yes}

Tablodagi piktogrammalar to‘plami va ketma-ketligini [oddiy usulda sozlash](https://www.yandex.com/support/browser/uz/personalization/tableau.md#edit-tableau) mumkin.


{% note info %}

Koʻproq fonni koʻrish uchun [rejim](https://www.yandex.com/support/browser/uz/personalization/ntp.md#types-of-tableau), **Minimal** bandini tanlang - unda faqat Tabloning pastki qator plitkalari koʻrsatiladi. Tablodagi boshqa piktogrammalarni koʻrish uchun sahifani yuqoriga aylantiring.

{% endnote %}



{% cut "Piktogrammalar oʻlchamini oʻzgartirish" %}


- Ekranning pastki o‘ng burchagida ![](../_image/ntp-settings.png) tugmasini bosing.

- **Tablo** boʻlimida **Plitka oʻlchami** → **Kichik**, **O‘rtacha** yoki **Katta** bandini tanlang.


{% endcut %}

{% cut "Tablo kengligini oʻzgartirish" %}


- Ekranning boʻsh joyiga sichqonchaning oʻng tugmasini bosing - kontekst menyu paydo boʻladi.

- **Tablo kengligi** → **Kichik**, **oʻrtacha**, **Katta** yoki **Brauzer oynasiga moslash** buyrug‘ini tanlang.

Agar **Brauzer oynasiga moslashish** tanlansa, [Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) oynasi kichraytirilganda piktogrammalarning oʻlchami ham oʻzgaradi.


{% endcut %}

{% cut "Tablo turi" %}


Yangi varaqda siz Tablo piktogrammalarining toʻliq yoki qisqartirilgan roʻyxatini koʻrishingiz mumkin, buning uchun:

1. Yuqori oʻng burchakda **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** tugmasini bosing.


1. **Interfeys** → **Yangi varaq ekrani koʻrinishi.**

1. **Tabloni koʻrsatish** boʻlimida kerakli parametrni tanlang:

    <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/tableau-2-types.md -->
    - **toʻliq** — agar maksimal piktogrammalar sonini koʻrishni istasangiz.

    - **qisqartirilgan** — agar minimal piktogrammalar sonini koʻrishni istasangiz. Qolgan piktogrammalarni koʻrish uchun sahifani tepaga aylantiring.
    <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/tableau-2-types.md -->



{% endcut %}



## Tablo uchun saytlarni avtomatik ravishda tanlash {#auto}

Oʻrnatish paytida Brauzer Tabloni avtomatik ravishda shakllantiradi:

- agar boshqa brauzerlardan [maʼlumotlarni import qilishni](https://www.yandex.com/support/browser/uz/about/import.md) tanlasangiz, Tabloga siz tez-tez ochgan saytlar kiradi;

- agar siz maʼlumotlarni import qilishdan voz kechsangiz, Tabloda standart saytlar toʻplami paydo boʻladi.

Vaqti-vaqti bilan Brauzer Tablodagi piktogrammalarni yangilaydi, siz boshqalarga qaraganda [Aqlli satr](*smart-link) qidiradigan yoki Tablo orqali ochadigan saytlarni kiritadi. Kerakli piktogrammalarni yoʻqotmaslik uchun ularni [mahkamlang](https://www.yandex.com/support/browser/uz/personalization/tableau.md#edit-tableau).

Agar siz Tablodagi saytni oʻchirgan boʻlsangiz, uni faqat qoʻlda qaytarishingiz mumkin boʻladi. Bunday saytlar Tabloga avtomatik tarzda kiritilmaydi.


## Tabloga piktogrammalarni kiritish {#add_site}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

1. Yangi ilovani oching.

1. Ekranning pastki o‘ng burchagida ![](../_image/ntp-settings.png) tugmasini bosing.

1. **Tablo** boʻlimida **Saytlarni sozlash** → **Sayt kiritish** → **Sayt** tugmasini bosing.

1. Tabloga qo‘shmoqchi bo‘lgan saytni ko‘rsating. Saytni **Ommabop** yoki **Yaqinda kirilganlar** ro‘yxatidan tanlashingiz yoki uning manzilini oddiy usulda kiritishingiz mumkin.

1. **Tayyor** tugmasini bosing.

Boshqa variant: Tabloda boʻsh piktogrammani bosing va kerakli saytni koʻrsating.


{% note alert "Cheklov" %}

Tabloga 24 tagacha piktoramma kiritish mumkin.

{% endnote %}

![](../_image/tableau-add-site.png){.border-yes}

{% note tip %}

Agar kerakli sayt ochilgan boʻlsa, Smart qatorning oʻng tomonida ![](../_image/menu-tibar.svg) → **Tabloga kiritish** tugmasini bosing.

{% endnote %}



## Piktogrammalarni tahrirlash {#edit-tableau}

Piktogrammalarni sudrash orqali ularning joylarini  almashtirish mumkin.

Tablo kontentini boshqarish uchun tahrirlash rejimiga o‘ting:

- **alohida piktogrammalar uchun** — sichqonchani piktogramma ustiga olib keling va ![](../_image/settings-widget-icon.png) belgisini bosing.

- **barcha plitkalar uchun** — Paneldagi plitkalardan birini bosib turing yoki ekranning pastki oʻng burchagida **![](../_image/ntp-settings.png)** → **Saytlarni sozlash** tugmasini bosing.


{% note info %}

Tahrirlashdan keyin oʻzgarishlarni saqlash uchun **Tayyor** yoki **Enter** tugmasini bosing.

{% endnote %}


Tahrirlash rejimida quyidagilarni bajara olasiz:

![](../_image/tableau-edit-mode-2.png){.border-yes}

![](../_image/1-icon.svg) — piktogrammani olib tashlash;

![](../_image/2-icon.svg) — piktogrammani tahrirlash;

![](../_image/3-icon.svg) — piktogrammani qadash;

![](../_image/4-icon.svg) — piktogrammani yechish.

**Tahrirlashning qo‘shimcha imkoniyatlari**

#|

||
Piktogramma havola etadigan saytni almashtirish
|
**![](../_image/settings-widget-icon.png)** → **Saytni tahrirlash** tugmasini bosing va Tablo ostidagi qatorga sayt manzilini kiriting.
||

||
Piktogrammaga sayt nomini kiritish
|
**![](../_image/settings-widget-icon.png)** → **Saytni tahrirlash** tugmasini bosing, keyin Tablo ostidagi qatorda **Imzo qoʻshish** tugmasini bosing va sayt nomini kiriting.
||

||
Piktogrammada sayt nomini oʻzgartirish
|
**![](../_image/settings-widget-icon.png)** → **Saytni tahrirlash** tugmasini bosing, keyin Tablo ostidagi qatorda sayt nomini tahrirlang.
||
|#



## Tablodagi jildli piktogrammalar {#groups}

Piktogrammalarni jildlarga guruhlashingiz mumkin. Masalan, Yandex xizmatlari havolalariga ega piktogrammalarstandart holatda bitta jildga guruhlangan.

![](../_image/widget-folders-2.png)

{% cut "Piktogrammali jild yaratish" %}


1\. Tabloni oching.

2\. Kursorni biror sayt piktogrammasiga olib keling va uni boshqa saytning piktogrammasiga sudrang. 1-2 soniya ushlab turing.

3\. Yangi jild oynasi ochiladi. Piktogrammani unga joylang.

4\. Jildni yoping.

5\. Guruhlanishi kerak boʻlgan barcha saytlar piktogrammalarini jildga joylashtiring.

Agar Tabloda kerakli saytlar piktogrammalari aks etmasa, jild yarating va unga piktogrammalarni kiriting:

1\. Ekranning pastki o‘ng burchagida ![](../_image/ntp-settings.png) tugmasini bosing.

2\. **Tablo** boʻlimida **Saytlarni sozlash** → **Sayt qoʻshish** → **Jild** tugmasini bosing.

3\. **Sayt kiritishni** bosing va saytning manzilini yoki nomini kiriting.

4\. Piktogrammalari jildga kiritilishi kerak boʻlgan barcha saytlar uchun mazkur harakatni takrorlang.

5\. **Tayyor** tugmasini bosing.


{% endcut %}

{% cut "Piktogramma jildini olib tashlash" %}


1\. Tabloni oching.

2\. Sichqoncha kursorini jild ustiga olib keling.

3\. Jildning yuqori oʻng burchagida **![](../_image/settings-widget-icon.png)** → **Oʻchirish** tugmasini bosing.


{% endcut %}



## Tabloni sinxronlash {#synch-tableau}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Turli xil qurilmalarda har xil sevimli saytlaringiz bo‘lishi mumkin, shu sababli qurilmalardagi Tablo bir-biridan mustaqil ravishda shakllanadi. Sinxronlash siz ulardan istalganini qayta tiklashingiz uchun serverda Tabloning turli versiyalarini saqlash imkonini beradi.


{% cut "Tabloni tiklash" %}


Qayta oʻrnatilganda Brauzer Tabloning avvalgi versiyasini qaytarib beradi yoki bir nechta mavjud versiyadan birini tanlashni taklif qiladi.

Saqlangan versiyalarni koʻrish va kerakligini tiklash uchun:

1\. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** → **Umumiy sozlamalar** → **Sinxronlash** → **Tabloni tiklash** tugmasini bosing.

2\. Tabloning kerakli versiyasini tanlang.


{% endcut %}

{% cut "Tablo sinxronizatsiyasini faolsizlantirish" %}


1\. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Umumiy sozlamalar**&nbsp;→ **Sinxronlash**&nbsp;→ **Sinxronlash sozlamalari** tugmasini bosing.


2\. **Tablo** parametrini faolsizlantiring.


{% endcut %}



## Tablo piktogrammalari yoʻqolmoqda {#widgets-disappear}

Tablodagi piktogrammalar oʻzgarib turadi, chunki ularning ro‘yxati siz ko‘p kiradigan sahifalardan avtomatik ravishda shakllantiriladi. Piktogrammalar yoʻqolmasligi uchun ularni mahkamlash mumkin.


{% cut "Bitta piktogrammani mahkamlash" %}


1\. Tabloni oching.

2\. Koʻrsatkichni plitka ustiga olib boring va **![](../_image/settings-widget-icon.png)** → **Mahkamlash** tugmasini bosing. Agar plitka allaqachon mahkamlangan boʻlsa, menyuda **Mahkamlash** boʻladi.


{% note info %}

Piktogrammani mahkamlash uchun kontekst menyusida **Qadash**  bandini tanlash mumkin.

{% endnote %}



{% endcut %}

{% cut "Bir necha piktogrammalarni mahkamlash" %}


1\. Tabloni oching.

2\. Ekranning pastki o‘ng burchagida ![](../_image/ntp-settings.png) tugmasini bosing.

3\. **Tablo** ruknida **Saytlarni sozlash** tugmasini bosing.

4\. ![](../_image/unpin-widget-icon.png) tugmasini bosib, kerakli piktogrammalarni qadang.

5\. **Tayyor** tugmasini bosing.


{% endcut %}



## Tablo bilan ishlash uchun tezkor tugmalar va sichqoncha harakatlari {#hotkeys}


{% list tabs %}

- Windows va Linux


  **Tezkor tugmalar**

  #|

  ||
  Tabloni ochish
  |
  **Ctrl** + **T**
  ||

  ||
  Tablo ochilgandan keyin saytga o‘tish
  |
  **Alt** + **1, 2...**
  ||

  ||
  Tabloni ochish va kursorni Aqlli satrga oʻrnatish
  |
  **Ctrl** + **L**

  **Alt** + **D**

  **F6**
  ||

  ||
  Plitkani oʻngga surish
  |
  **Alt** + **→**

  **Alt** + **↓**
  ||

  ||
  Plitkani chapga surish
  |
  **Alt** + **←**

  **Alt** + **↑**
  ||
  |#


  {% note alert %}

  Ishorani bajarganda sichqonchaning oʻng tugmasini bosib turing.

  {% endnote %}


  **Sichqoncha harakati**

  #|

  ||
  Tabloni ochish va kursorni Aqlli satrga oʻrnatish
  |
  ![](../_image/gesture-up.svg)
  ||
  |#


- macOS


  **Tezkor tugmalar**

  #|

  ||
  Tabloni ochish
  |
  **⌘** + **T**
  ||

  ||
  Tablo ochilgandan keyin saytga o‘tish
  |
  **⌘** + **1, 2...**
  ||

  ||
  Plitkani oʻngga surish
  |
  **⌥** + **→**

  **⌥** + **↓**
  ||

  ||
  Plitkani chapga surish
  |
  **⌥** + **←**

  **⌥** + **↑**
  ||
  |#



  {% note alert %}

  Ishorani bajarganda sichqonchaning oʻng tugmasini bosib turing. Agar bitta tugmali sichqonchadan foydalansangiz, barcha harakatlarni **Ctrl** tugmasi va sichqonchani ushlab turib bajaring.

  {% endnote %}


  **Sichqoncha harakati**

  #|

  ||
  Tabloni ochish va kursorni Aqlli satrga oʻrnatish
  |
  ![](../_image/gesture-up.svg)
  ||
  |#


{% endlist %}

#### Batafsil maʼlumot

- [Tezkor tugmalar](https://www.yandex.com/support/browser/uz/useful-features/hotkeys.md)

- [Sichqoncha yordamida boshqarish](https://www.yandex.com/support/browser/uz/useful-features/gestures.md)



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->



[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.