---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.28.0
alternate:
  - https://www.yandex.com/support2/m-metro/en/nfc.md
  - https://www.yandex.com/support2/m-metro/ru/nfc.md
  - https://www.yandex.com/support2/m-metro/tr/nfc.md
  - https://www.yandex.com/support2/m-metro/uz/nfc.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://www.yandex.com/support2/m-metro/uz/llms.txt

# Yoʻl chiptalari (toʻlov va balansni oʻqish)

{% cut "Yoʻl haqini toʻlash" %}

Ilovaning joriy versiyasida faqat Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi yoʻl kartalariga pul toʻlash mumkin.

Yoʻl kartalariga pul toʻlash uchun:
1. **Sozlamalar** tugmasini bosing.
2. **Yʻol uchun toʻlov** maydonchasida kerakli qatorni bosing, zarur kartani (Moskvada **Troyka** yoki **Strelka**, Sankt-Peterburgda **Podorojnik**) tanlang.

    {% note info %}
    
    Kartani toʻldirishdan avval oldinroq toʻlangan chiptalarni faollashtirish talab etiladi. Agar toʻlangan, ammo hali faollashtirilmagan chiptalar boʻlsa, karta balansini toʻldirish imkonsiz.
    
    {% endnote %}

3. Ochilgan sahifada karta raqamini va kiritiladigan pul miqdorini (bank kartasi yoki YooMoney) koʻrsating.
4. **Toʻlash** tugmasini bosing. Koʻrsatilgan miqdor kartaga oʻtkaziladi.
    
    {% note info %}
    
    Kartani toʻldirishda toʻlangan safarlarni faollashtiring (kartaga yozing). Buning uchun metroning ichida yoʻl chiptalarini xarid qilish va ularning balansini toʻldirishga moʻljallangan uskunani toping va uning ekranida **Masofadan toʻldirish** variantini tanlang.
    
    Kartani uskunaning terminaliga qoʻying va safar qayd etilgunga qadar uni olib tashlamang.
    
    Amaliyot tugagach, ekranda toʻldirish hisobga olingan karta balansi chiqadi.
    
    {% endnote %}

{% endcut %}

{% cut "Balansni oʻqish" %}

Bu funksiyadan faqat Android OT va NFC aloqasiga ega smartfonlarda foydalanish mumkin; bundan tashqari, “Troyka” kartasini oʻqish uchun Mifare Classic standarti ham ishlashi lozim.

Ilova chipta balansini oʻqishi mumkin:

- Bir martalik
    
- 90 daqiqa
    
- TAT
    
- Troyka (hamyon + qayd etilgan chiptalar: bir martalik, 90 daqiqa, TAT)

Balansni tekshirish uchun:

1. qurilma sozlamalarida NFC funksiyasini yoqing;
    
2. kartani qurilmaning orqa qopqogʻiga ulang va natijani kuting.

{% endcut %}

{% include [Yordam xizmatiga](./_includes/batton-8520e7b17f83.md) %}
